Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Yoshga doir pensiya va yoshga doir nafaqaning farqi nimada?

Yoshga doir pensiya, davlat pensiya turlaridan biri hisoblanib, uni olish huquqiga erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda, ayollar esa — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladi.

Qonunchilikda yoshga doir pensiya va yoshga doir nafaqa tushunchalari mavjud boʻlib, ular bir-biridan turlicha farqlanadi va qoʻllaniladi.

Shunga koʻra:

Yoshga doir pensiya, davlat pensiya turlaridan biri hisoblanib, uni olish huquqiga erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda, ayollar esa — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.

Yoshga doir nafaqa, qonunchilikda belgilangan tartibda tayinlanadigan nafaqalardan biri hisoblanib, u bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga — 55 yosh, ayollarga — 60 yosh va erkaklarga — 65 yoshga yetganda tayinlanadi.

Qonunda belgilangan shartlarga va meʼyorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi shaxslar va bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalar yoshga doir nafaqani olish huquqiga ega.

Qonunchilikka koʻra, pensionerga hisoblab chiqarib qoʻyilgan, lekin uning tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchun toʻlanadi.

Biroq, pensiyani tayinlovchi yoki toʻlovchi organning aybi bilan oʻz vaqtida olinmay qolgan pensiya puli oʻtgan davr uchun muddati cheklanmagan holda toʻlanadi.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 155 000 soʻm;
  • bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 soʻm;
  • yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 soʻm;
  • nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 soʻm;
  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 soʻm;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 soʻmdan) 920 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 soʻm;
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 soʻm;
  • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 745 000 soʻm.