Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

ChatGPT endi Oʻzbekistonda soliq toʻlaydi

Amerikaning OpenAI kompaniyasi Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi.

Uning asosiy mahsuloti — ChatGPT— mamlakatimizda juda mashhur. Soʻnggi bir necha oydan beri ilova yuklab olishlar soni boʻyicha barqaror ravishda 1–2-oʻrinlarni egallab kelmoqda.

Xizmatdan bepul foydalanish mumkin, ammo obuna boʻlsangiz, yanada koʻproq imkoniyatlarga ega boʻlasiz. Masalan, tarif rejasi oyiga 20 dollardan boshlanadi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, endi OpenAI Oʻzbekistonda QQS toʻlashni boshlashi sababli mamlakat fuqarolari uchun tariflar oshishi mumkin.

Bundan tashqari, yaqinda AQSHga qarashli yana bir bulutli xizmat provayderi — Digital Ocean ham Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtdi. Demak, u ham endi bu yerda bemalol faoliyat yuritishda davom etishi mumkin.