Kredit kartasi – bankning kredit mablagʻlari hisobidan tovarlar va xizmatlar uchun naqdsiz toʻlashda ishlatilishi mumkin boʻlgan bank kartasidir. Kredit kartasida debet (overdraft) kartadan farqli ravishda karta egasi (qarz oluvchi) oʻz mablagʻlarini saqlay (toʻplay) olmaydi.
Ushbu kredit bank tomonidan belgilangan chegara doirasida beriladi va uning aniqlanishida qarz oluvchining turli xususiyatlari inobatga olinadi: yoshi, daromad miqdori, kredit tarixi va hokazo.
Kredit karta limiti tiklanishi mumkin, yaʼni qarz oluvchi tomonidan toʻlangan kreditning bir qismi yana qarzga olinishi mumkin.
Nima uchun toʻlash mumkin?
Kredit karta egasining ixtiyoriga koʻra karta orqali har qanday mahsulot, ish va xizmatlar uchun toʻlash mumkin.
Toʻlovni qayerda amal qilish mumkin?
Kredit karta yordamida oddiy debet kartalar kabi har qanday joylarda (doʻkonlar, kafe, restoranlar v.h.) hamda onlayn haridlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish mumkin.
Kartadan qanday samarali foydalanish mumkin?
Kelajakda kredit kartasidan samarali foydalanish uchun bank bilan kredit shartnomasini tuzishdan oldin uni diqqat bilan oʻrganib va uning barcha xususiyatlari, komissiyalari va boshqa “yashirin va kutilmagan” vaziyatlarini aniqlab olish zarur.
Bundan tashqari, kartangiz boʻyicha imtiyozli davr (mavjud boʻlsa) qanday hisoblanishini diqqat bilan oʻrganib chiqing va uning “chegarasi”dan chiqmasilikka harakat qiling. Esda tuting, belgilangan summani oʻz vaqtida qaytarmasangiz, Siz nafaqat ushbu summa va uning foizlarini toʻlashingiz, balki penya toʻlovlarini ham amalga oshiringiz kerak boʻladi.
Foizlar qanday hisoblanadi?
Foizlar ruxsat berilgan kredit chegarasi asosida emas, balki haqiqatda ishlatilgan mablagʻlar boʻyicha hisoblanadi.
Kredit kartasidan naqd pulni yechmaslikka harakat qiling, chunki aksariyat banklar bu uchun komissiya olishi mumkin.


