Yevropa Ittifoqida 2024 yilda oʻrtacha soatbay ish haqi 33,5 yevroni tashkil etdi — bu undan oldingi yilga nisbatan 1,6 yevroga koʻp, deb xabar beradi Euronews.
Yevrostat maʼlumotlariga koʻra, eng kam soatbay ish haqi Bolgariya (10,6 yevro), Ruminiya (12,5 yevro) va Vengriyada (14,1 yevro) qayd etilgan.
Eng koʻp haq toʻlanadigan davlatlar qatoridan esa Lyuksemburg (55,2 yevro), Daniya (50,1 yevro) va Belgiya (48,2 yevro) oʻrin olgan.
Mehnat xarajatlarining ikki asosiy tarkibiy qismi – bu ish haqi va ish haqi bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar, masalan, ish beruvchilarning ijtimoiy badallari. Ish haqi bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlarning ulushi Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotida 24,7 foizni tashkil etgan.
Yevropa Ittifoqida ish haqi boʻyicha eng yuqori soatbay mehnat xarajatlari nodavlat notijorat sektorida (davlat boshqaruvi bundan mustasno) qayd etilgan — 34,2 yevro. Eng past koʻrsatkich esa qurilish sohasida — 30 yevro.
Biroq Yevrozonada bu tafovut yanada sezilarli: eng yuqori soatbay ish haqi sanoat sektorida qayd etilgan (39,8 yevro), eng past koʻrsatkich esa qurilish sohasida (33,4 yevro).
2023-2024 yillarda ish haqi umumiy iqtisodiyot boʻyicha Yevropa Ittifoqida 5 foizga, Yevrozonada esa 4,5 foizga oshgan. Yevrozonadagi barcha davlatlarda ish haqi soatbay hisobda oshgan.


