Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzini oʻzini band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari qisqaradi

2026 yil 1 yanvardan boshlab, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari soni 104 ta banddan 72 tagacha qisqaradi. Sartaroshlik, foto-video xizmatlari, avtomobil taʼmirlash, dehqon bozorlarida savdo qilish, shirinlik va salat tayyorlab sotish, repetitorlik kabi 34 toifadagi faoliyat turlari roʻyxatdan chiqariladi.

19 mart kuni “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident qarori imzolandi.

Tadbirkorlik subyektlarining yiriklashuvini ragʻbatlantirish maqsadida, 2025 yil 1 maydan eʼtiboran, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda, davlat boji undirilmaydi.

Shu bilan birga, 2026 yil 1 yanvardan boshlab, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati amaldagi 104 ta banddan 72 tagacha qisqaradi.

Quyidagilar roʻyxatdan chiqariladi:

  • 1. Uyda yoki davlat taʼlim muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlari xonalarida repetitorlik qilish — bolalar va kattalar bilan taʼlim fanlari boʻyicha yakka tartibda hamda guruh boʻlib mashgʻulotlar oʻtkazish
  • 2. Xonalarni tozalash, jismoniy shaxs hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish
  • 3. Uyda jismoniy shaxslarning mebellarini taʼmirlash va yigʻish
  • 4. Jismoniy shaxslarga murakkab boʻlmagan umumiy qurilish, qurilish-taʼmirlash ishlari (beton quyish, boʻyoqchilik, suvoqchilik ishlari, gʻisht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari);
  • 5. Jismoniy shaxslarning shaxsiy avtomobillarini mayda taʼmirlash, ularga aksessuarlar va avtosignalizatsiya oʻrnatish, gʻiloflar va pol qoplamalarini tikish
  • 6. Makulatura, plastik idish, temir-tersak va qoʻshimcha xomashyo toʻplash
  • 7. Yogʻoch meʼmorchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yogʻochdan yasalgan qurilmalar, haykallar)
  • 8. Metall taʼmirlash ishlari (uyda amalga oshiriladigan maishiy metall buyumlarini taʼmirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni taʼmirlash, boshqa maishiy metall buyumlarini oddiy taʼmirlash)
  • 9. Uyda popkorn, frezerda muzqaymoq tayyorlash va sotish
  • 10. Dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish
  • 11. Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish
  • 12. Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari
  • 13. Kosmetolog xizmatlari va shunga oʻxshash boshqa xizmatlar
  • 14. Uyda kir yuvish va dazmollash xizmatlari
  • 15. Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va toʻqimachilik galantereyasi buyumlarini taʼmirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmasi boʻyicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va toʻqimachilik galantereyasi buyumlarini tikish
  • 16. Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qoʻlda boʻyash, gazlamalarga, shu jumladan trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)
  • 17. Yakka tartibda deraza va eshik pardalarini tikish va taʼmirlash, kashtachilik
  • 18. Galantereya buyumlarini tayyorlash va taʼmirlash
  • 19. Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash
  • 20. Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sunʼiy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash
  • 21. Toʻsiqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va taʼmirlash
  • 22. Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni koʻpaytirish va sotish
  • 23. Video va fotosuratga olish xizmatlari
  • 24. Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlarini tayyorlash va sotish
  • 25. Salatlar va tuzlamalarni tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va oʻtirish joylarini tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish
  • 26. Uyda quyib sotish uchun salqin ichimliklar, ayron, goʻja hamda qurt tayyorlash va sotish
  • 27. Toʻgaraklar tashkil etish va yuritish
  • 28. Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan, bonsay sanʼati)
  • 29. Reklama bukletlarini tarqatish, uyda operatorlar tomonidan buyurtmalar qabul qilish
  • 30. Muqovalash ishlari
  • 31. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar xizmatlari
  • 32. Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, e-mail orqali xatlarni joʻnatish boʻyicha mutaxassis, spichrayter, transkriber va boshqalar)
  • 33. Riyeltorlik xizmatlarini koʻrsatish (ijaraga uy-joy topishda, shuningdek, uy-joy sotib olishda yordam berish)
  • 34. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini mahallalarda yigʻish va faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish

2026 yil 1 yanvardan boshlab, roʻyxatga quyidagilar qoʻshiladi:

  • elektron savdo maydonchalarida tovar va xizmatlarning chakana savdosi;
  • nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno);
  • uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish va koʻpaytirish.

Shu tariqa, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar roʻyxati kelasi yildan eʼtiboran quyidagicha boʻladi:

  • 1. Bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar
  • 2. Oilaviy bolalar uyini tashkil etish va faoliyatini yuritish
  • 3. Bemorlar hamda doimiy ravishda oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar
  • 4. Uy xoʻjaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat pishirish boʻyicha uy xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish
  • 5. Jismoniy shaxslarning santexnika uskunalarini mayda taʼmirlash va oʻrnatish
  • 6. Jismoniy shaxslarga kvartira ichida (shaxsiy qurilish ishlarida — uy ichida) elektr montaj xizmatlari koʻrsatish (elektr xavfsizligi boʻyicha ruxsati boʻlganda)
  • 7. Dehqon xoʻjaliklari va fuqarolarning tomorqa yer uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari
  • 8. Fermer xoʻjaliklari egalari, pilla yetishtirish va ipak qurti urugʻchiligi tashkilotlari buyurtmasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlari (qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari, ipak qurtini va hayvonlarni parvarish qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini yigʻish, tut koʻchatlarini ekish va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlari)
  • 9. Fuqarolarning dalahovli va tomorqa uchastkalari landshaftini barpo etish ishlari
  • 10. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini ekish va parvarish qilishda, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini yigʻib olishda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalari egalariga yordam berish
  • 11. Chorva mollarini oʻtlatish, ularni parvarish qilish, shu jumladan, urugʻlantirish, qoʻzilatish, qirqish va dagʻal xashak jamgʻarish ishlari
  • 12. Jismoniy shaxslarga kompyuterlarni taʼmirlash va sozlash xizmatlarini koʻrsatish, litsenziyalangan dasturiy taʼminot oʻrnatish ishlari
  • 13. Buyurtmachining uyida bajariladigan maishiy texnikani oʻrnatish va taʼmirlash
  • 14. Jismoniy shaxslarning avtomobillarini yuvish, avtomobillar kuzovlarini silliqlash
  • 15. Mexanizatsiya vositalarini qoʻllamay, uyda bajariladigan yuk ortish-yuk tushirish ishlari
  • 16. Xalq tabobati (litsenziyasi boʻlganda)
  • 17. Xususiy shaxslarga bosh xizmatkor va konsyerj xizmatlarini koʻrsatish
  • 18. Buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno)
  • 19. Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda tashish
  • 20. Ilgari foydalanilgan tovarlarni sotib olish va sotish
  • 21. Velosipedlarni taʼmirlash
  • 22. Rassomlik
  • 23. Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha poyabzal tikish, poyabzalni taʼmirlash, boʻyash va tozalash
  • 24. Kalitlar tayyorlash
  • 25. Oʻlchov vositalari tayyorlash va ijaraga berish
  • 26. Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash
  • 27. Musiqiy asboblarni taʼmirlash va sozlash
  • 28. Milliy non va patirlarni tayyorlash va sotish
  • 29. Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)
  • 30. Namoyishlarda kiyimlar modelini namoyish qilish, rasmli jurnallarda, reklama filmlari va videokliplarda suratga tushish
  • 31. Multimedia, dizayn va sanʼat materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter oʻyinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, maʼlumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, videomuharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissyori, aranjirovkachi, suxandon, fotomuharrir va boshqalar)
  • 32. Dasturiy taʼminot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qoʻllab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy taʼminotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash boʻyicha mutaxassis)
  • 33. Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish
  • 34. Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet– marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama boʻyicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi)
  • 35. Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, HR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent)
  • 36. Onlayn konsulbtatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi)
  • 37. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno)
  • 38. Uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish va koʻpaytirish
  • 39. Hamshiralik ishi
  • 40. Uy hayvonlari (qoramol, qoʻy, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati
  • 41. Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati
  • 42. Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati
  • 43. Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash)
  • 44. Tosh va tosh maxsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash
  • 45. Yogʻoch mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni toʻqish
  • 46. Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va koʻchatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam toʻqish va sotish
  • 47. Kulolchilik
  • 48. Kibersport faoliyati
  • 49. “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining stipendiyasi” tayinlangan sportchilar faoliyati
  • 50. Teri xomashyosini yigʻish va tayyorlash
  • 51. Junni yigʻish va tayyorlash
  • 52. Qayta ishlangan jundan kiyim va boshqa mahsulotlarni tikish
  • 53. Uyda loydan tandir yasash
  • 54. Atlas va adras toʻqish
  • 55. Mayda munchoq (biser) tikish
  • 56. Doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
  • 57. Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
  • 58. Asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash
  • 59. Quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish
  • 60. Qoʻziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish
  • 61. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish
  • 62. Qogʻozdan qutilar, banderollar tayyorlash
  • 63. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish
  • 64. Tayyor mahsulotga etiketka biriktirish
  • 65. Uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish
  • 66. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash
  • 67. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash
  • 68. Milliy taqinchoqlar yasash
  • 69. Kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash
  • 70. Dagʻal jundan gilam, koʻrpa va yostiq tayyorlash
  • 71. Artemiya sistalarini yigʻish va topshirish
  • 72. Yengil avtotransport vositasida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish (litsenziya varaqasi boʻlganda).