Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi xodimlarga koʻp yillik xizmati uchun oylik ustama toʻlanadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning tizimidagi agentliklar va markazlar, viloyat va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarini xizmatlari uchun ragʻbatlantirish tizimi joriy etilmoqda.

“Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning tizimidagi agentliklar va markazlar, viloyat va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarini xizmatlari uchun ragʻbatlantirish tizimi joriy etilmoqda.

Davlat byudjeti hisobidan davlat organlari va tashkilotlaridagi koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmda har oyda ustamalar toʻlanadi:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari xodimlariga:

  • 1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
  • 3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
  • 5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
  • 10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
  • 15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
  • 20 yildan yuqori — 1,5.

tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari xodimlariga:

  • 1 dan 3 yilgacha — 0,15;
  • 3 dan 5 yilgacha — 0,3;
  • 5 dan 10 yilgacha — 0,45;
  • 10 dan 15 yilgacha — 0,6;
  • 15 dan 20 yilgacha — 0,75;
  • 20 dan yuqori — 1,0.

Shuningdek, 2025 yil 1 sentyabrdan:

  • umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga oshiriladi;
  • umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi;
  • maktabgacha taʼlim tashkilotlari I va II guruh direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari ularni organ direktori oʻrinbosari lavozimi bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish yoʻli bilan oshiriladi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktorlar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktorlar va ularning oʻrinbosarlari uchun KPI natijalariga qarab bazaviy tarif stavkalariga mos ravishda 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2025 yil 21 martdan kuchga kirdi.