Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oltin quymalar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin?

Oltin quymalar — ogʻirligi 5, 10, 20, 50 va 100 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar. Maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajaradi va oʻz seriya raqamiga ega boʻladi.

Oltin quymalar qanday boʻladi?

Oltin quymalar 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlanadi hamda 5, 10, 20, 50 va 100 gramm ogʻirlikda boʻladi.

gold1

Oltin quymalar Italiyaning Certiline Srl. kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan maxsus qadoqlarda muomalaga chiqariladi.

gold2

Oltin quyma va uning qadogʻi bir xil seriya raqamiga ega. Qadoqda 3 turdagi himoya elementlari mavjud:

gold8

Himoya qadogʻini ochish mumkinmi?

Agarda siz oltin quymasini kelajakda sotish niyatingiz boʻlsa, himoya qatlamini ochish tavsiya etilmaydi. Oltin quyma va uning qadogʻi bir xil seriya raqamiga ega. Qadoqda 3 turdagi himoya elementlari mavjud — kriptoprint (qadoq ochilganda koʻrinadi), himoya membranasi (himoya ochilganda oʻz rangini oʻzgartiradi). Bundan tashqari, har bir oltin quymasi oʻz QR kodiga ega (quymaning aslligini tekshirish uchun).

Oltin quymalarini qayerda saqlash maqsadga muvofiq?

Oltin quymalarining xavfsiz saqlanishini taʼminlash juda muhimdir. Chunki, oltin quymasiga juda kichik miqdorda zarar yetsa ham bu uning narxini keskin tushirib yuborishi mumkin. Masalan, agar quyma zararlangan boʻlsa, bank uni sotib olayotganda texnik ekspertiza oʻtkazadi va qayta baholaydi. Oltin quymalari himoyalangan qadoqlarda sotiladi va ularni bemalol uyda yoki bankda – individual bank yacheykalarini ijaraga olgan holda saqlash mumkin (oltin quymalari uchun 125 mm yacheykalar mos keladi).

Oltin quymalarini qayerda sotib olish mumkin?

Oltin quymalarini banklarda sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Oltin quymalarining narxi qancha?

Oltin quymalarinng narxlari bir hafta ichida bir necha marta oʻzgarishi mumkin – joriy narxlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin. Oltin quyilmalarini naqd pul orqali yoki naqd pulsiz toʻlov yordamida sotib olish imkoniyati mavjud.

Oltin quymalarini qayerda va kimga sotish mumkin?

Oltin quymalarini faqat banklarga sotish mumkin.

Oʻlchovli oltin quymalarni qaytarib sotib olish qiymati, uni topshirilgan kundagi bir gramm qimmatbaho metall narxi va ushbu narxga qoʻllaniladigan chegirmadan kelib chiqib, quyidagi formula asosida hisoblanadi:

gold4

bunda:

∑ ― oʻlchovli oltin quymani qaytarib sotib olish uchun soʻmda toʻlanadigan qiymat;

V ― oʻlchovli oltin quymaning grammdagi ogʻirligi;

PG/UZB ― bir gramm qimmatbaho metallning Markaziy bank tomonidan soʻmda belgilangan narxi;

D ― Markaziy bank tomonidan belgilangan chegirma miqdori (foizlarda).

Oltin quymalarini qoʻlga kiritish va sotish tartibi

Oʻlchovli oltin quymalarni sotib olish uchun jismoniy yoki yuridik shaxslar bankka murojaat qilishadi va naqd yoki naqd pulsiz shaklda toʻlovni amalga oshirishadi.

Shu kunning oʻzida xaridorga texnik xususiyatlarni tasdiqlovchi sertifikat bilan birga muhrlangan oltin quymasi taqdim etiladi. Har bir oʻlchovli oltin quymasi oʻz identifikatsion seriya raqamiga ega va ushbu raqam himoya qadogʻida va sertifikatda koʻrsatilgan boʻladi.

Butun va zararlanmagan muhr va sertifikatga ega boʻgan oʻlchovli yombilarni sotish (qaytarib berish) uchun oltin quyma egasi yana bankka murojaat qilishi lozim. Murojaat kunining oʻzida bank kerakli hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

Oltin quymalarni chet elga olib chiqish mumkinmi?

Jismoniy shaxslar oltin quymalarni sertifikati bilan birga chet elga toʻsiqlarsiz olib chiqishlari mumkin va qonunchilik tomonidan begilangan miqdordan oshgan holda (yombilar qiymati 5 000 AQSH dollaridan oshgan holatda) bojxona deklaratsiyasini toʻldirish shart.