Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Markaziy bank asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha yigʻilishni keyingi haftaga qoldirdi

Bunda fevral yakunlari boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va savdo hamkorlar iqtisodiyoti boʻyicha maʼlumotlar martning ikkinchi yarmida eʼlon qilinishi inobatga olingan.

Foto: Markaziy bank

Oʻzbekiston Markaziy banki asosiy stavkasini koʻrib chiqish boʻyicha 2025 yil 13 martga belgilangan boshqaruv yigʻilishi sanasini koʻchirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Fevral yakuni boʻyicha mamlakatning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va savdo hamkorlar iqtisodiyoti boʻyicha maʼlumotlar martning ikkinchi yarmida eʼlon qilinishini hamda ishlab chiqilayotgan makroiqtisodiy tahlil va prognozlarda bu yangilangan koʻrsatkichlar asos boʻlishini inobatga olib yigʻilish 20 martga koʻchirilgan.

Markaziy bank boshqaruvining soʻnggi yigʻilishi 23 yanvarda oʻtkazilgan boʻlib, unda asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandi. 2024 yilning iyul oyida Markaziy bank inflyatsiya xavfi pasayishi fonida asosiy stavkani yillik 13,5 foizgacha pasaytirishga qaror qilgan. Oʻshanda asosiy stavka yetti yil ichida birinchi marta 14 foizdan pastga tushgandi.