Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Banklar ayollar bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi

Xususan, “Milliy bank” xizmatlar sohasida kamida 200 ming nafar xotin-qizning loyihalariga koʻmaklashadi. “Turonbank” ATB esa limonchilikda 150 ming nafar ayollar daromad topishi uchun arzon kreditlar taqdim etadi.

Oʻzbekistonda tijorat banklari tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay moliyaviy paketlar taqdim etiladi.

Misol uchun, “Milliy bank” xizmatlar sohasida kamida 200 ming nafar xotin-qizning loyihalariga koʻmaklashadi. “Turonbank” ATB limonchilikda 150 ming nafar ayollar daromad topishi uchun arzon kreditlar taqdim etadi.

Xuddi shuningdek,

  • “Mikrokreditbank” ATB parrandachilikda — 160 ming nafar,
  • “Sanoat qurilish bank” ATB sabzavot va koʻchatlar yetishtirishda — 160 ming,
  • “Xalq banki” uzum, brokkoli va mahalliy karam yetishtirishda — 150 ming,
  • “Agrobank” bogʻdorchilik yoʻnalishida — 144 ming,
  • “Biznesni rivojlantirish banki” koʻkat, bulgʻor qalampiri, baqlajon va pomidor yetishtirishda — 94 ming,
  • “Asakabank” farmatsevtika va uzumchilikda — 82 ming,
  • “Aloqabank” IT, asalarichilik va mevali ekinlar yetishtirishda 58 ming nafar ayollarni band etishga koʻmaklashadi.

Prezident Koʻksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda 2025 yilda 2 million nafar ayollar bandligini taʼminlash, shundan 1 million 300 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka jalb etish boʻyicha katta marralar olinganini aytgandi. Yuqoridagi moliyaviy paketlar ularga shu maqsadda taqdim etiladi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha 4 bosqichli yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi.

Bu yil mahallalarda ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun qoʻshimcha 3,3 trillion soʻm ajratiladi. Bunga qoʻshimcha ravishda tijorat banklari ham 100 million dollar jalb qilib, mahallalarda oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarga 50 million soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratadi.