Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Energetika vazirligiga elektr va gaz boʻyicha ijtimoiy meʼyorlar muddatini oʻzgartirish vakolati berildi

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan 500 kubometrlik bazaviy meʼyor Energetika vazirligi tomonidan 1 aprelga qadar uzaytirildi. Bunga havo haroratining meʼyordan past boʻlishi bilan izoh berildi. Oldin bunday vakolat faqat Vazirlar Mahkamasida bor edi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Energetika vazirligiga hukumat bilan kelishgan holda, havo haroratidan kelib chiqib, bazaviy meʼyorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga oʻzgartirish kiritish vakolati berildi.

Qayd etilishcha, Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ bazaviy meʼyorlarning amal qilish muddatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida oʻzining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib boradi.

2024 yil 1 maydan boshlab maishiy isteʼmolchilar (aholi xonadonlari) uchun elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda ijtimoiy (bazaviy) meʼyorlar kiritilgan edi.

Jumladan,

  • elektr energiyasi – oyiga 200 kWhʻgacha;
  • tabiiy gaz (mart–oktyabr oylarida) – oyiga 100 kubometrgacha;
  • tabiiy gaz (noyabr–fevral oylarida) – oyiga 500 kubometrgacha.

Geografik va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitish mavsumi respublikaning boshqa hududlaridan farqli ravishda oktyabr–fevral oylari deb belgilangan. Ijtimoiy meʼyor doirasida aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.

2025 yil 1 mart kuni tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan 500 kubometrlik bazaviy meʼyor Energetika vazirligi tomonidan 1 aprelga qadar uzaytirildi. Bunga havo haroratining meʼyordan past boʻlishi bilan izoh berildi. Oldin bunday vakolat faqat Vazirlar Mahkamasida bor edi.