Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Davlat buyurtmachilariga xarid kartalarini berish boshlanadi

Xarid kartasidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan hisobdor shaxslar roʻyxati davlat buyurtmachisi rahbarining buyrugʻi (farmoyishi) bilan belgilanadi. Hisobdor shaxslar mazkur davlat buyurtmachilarining xodimlari boʻlishi shart.

Hukumat qarori bilan “Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi

Nizom davlat buyurtmachilarining milliy valyutada naqd pulsiz shaklda korporativ bank kartalari (xarid kartalari) orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Davlat buyurtmachisi xarid kartasidan foydalangan holda, davlat xaridlarini amalga oshirish maqsadida xarid kartasi hisobvaragʻini ochish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda emitent bankka murojaat qiladi.

Bunda byudjet buyurtmachisining har bir tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi boʻyicha emitent bankda alohida bank tranzit hisobvaragʻi ochiladi.

Davlat buyurtmachilari tomonidan xarid kartasiga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va dividendlar oʻtkazilishiga, shuningdek, xarid kartasi yordamida naqd pul berilishi va chet el valyutasi sotib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat buyurtmachilari tomonidan boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion savdolarida ishtirok etib, xaridlarni amalga oshirish uchun xarid kartasidan foydalanish taqiqlanadi.

Xarid kartasidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan hisobdor shaxslar roʻyxati davlat buyurtmachisi rahbarining buyrugʻi (farmoyishi) bilan belgilanadi. Hisobdor shaxslar mazkur davlat buyurtmachilarining xodimlari boʻlishi shart.