Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta, haydovchilik va avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnomaning oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha kombinatsiyalashgan raqamlarni berish boʻyicha toʻgʻrisidagi hukumat loyihasini muhokamaga qoʻydi.
Bugungi kunda fuqarolarda oʻzlari xohlagan raqamlar komibinatsiyasiga ega boʻlgan identifikatsiyalovchi ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, haydovchilik va avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olishga talab oshib bormoqda, — deyiladi loyihada.
Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari maʼqullanadi:
- xaridorgir raqamlar komibinatsiyasiga ega boʻlgan identifikatsiyalovchi ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, haydovchilik va avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berish tizimini joriy etish;
- xaridorgir raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan identifikatsiyalovchi ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, haydovchilik va avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish boʻyicha davlat xizmatini qoʻshimcha toʻlov asosida texnik qurilmalar hamda dasturiy taʼminotlar orqali koʻrsatish.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi haydovchilik va avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomani oshirilgan stavkada axborot tizimidan sotib olish sxemasi




