“Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Shaffof qurilish” axborot tizimi doirasida uy-joylar qurilishi boʻyicha elektron platform yaratib, 2025 yil 1 iyuldan boshlab toʻliq ishlashini taʼminlashi belgilangan. Bunda:
a) qurilishga ulushdorlarning mablagʻlarini jalb qiluvchi quruvchi qurilish tashkiloti va obyekt haqidagi quyidagi maʼlumotlarni elektron platformaga joylashtirib boradi:
- har bir qurilayotgan obyektning loyiha boʻyicha joylashgan aniq manzili, qavatlari, kirish yoʻlaklari, xonadonlarni va noturar joylar soni hamda ularning maydoni, tutash boʻlgan hududlar, moliyalashtiruvchi tijorat banki, sotilgan turar va noturar joylar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
- yagona maʼmuriy qurilish reglamentlaridagi hujjatlar, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi, qurilish boshlanadigan sana va foydalanishga topshirish muddati, qurilish holatli va qonunchilikda talab etilishi taqiqlanmagan boshqa maʼlumotlar;
b) elektron platformagan maʼlumotlari joylashtirilmagan va ushbu maʼlumotlar elektron platformadan kadastr organlariga maydonlari koʻrsatilgan holda binoning alohida realizatsiya qilinadigan qismlari taqdim etilmagan obyektlar boʻyicha tuzilgan ulushli shartnomalarga notarial harkatlar amalga oshirilmaydi hamda bunday shartnomalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi;
v) maʼlumotlarni elektron platformaga joylashtirmagan quruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi;
g) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi obyekt qurilishini roʻyxatdan oʻtkazishda loyiha boʻyicha maʼlumotlarni elektron platformagan joylashtiradi hamda kadastr organlari, tijorat banklari va notariuslarga mazkur maʼlumotlarni tekshirish imkoniyatini yaratadi;
d) xaridorlarga quruvchining obyektda qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan ruxsatnomasi mavjudligini, uning reytingini, oldingi loyihalarini, ulushli qurilihdagi shartnomaviy intizomini oʻz vaqtida foydalanishga topshirish muddatlarini elektron platform orqali tekshirish imkoniyati yaratiladi;
ye) ulush kiritish asosidagi qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan va ruxsat beruvchi hujjatlari rasmiylashtirilgan loyihalari doirasida:
- obyektlardagi xonalarning rejalashtirilishiga oʻzgartirish kiritish, elektron platformada roʻyxatga olingandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlariga kiritish;
- koʻp kvartirali uylar foydalanishga topshirilgunga qadar obyektlarning loyiha hujjatlariga oʻzgartirish kiritish va uni shaharsozlik ekspertizasiga yuborish;
- qurilish ishlari yakunlanmagan obyektlar joylashgan yer uchastkalarini boshqa shaxslarga oʻtkazish taqiqlanadi.


