Uber Hindistonda yangi suv taksisi xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Tashkilot Kashmirdagi Dall koʻli boʻyida sayohat qilish uchun mahalliy shikara qayiqlarini tanladi. “Dal Lake Shi” deb nomlangan yangi xizmat Uber ilovasi orqali kamida 12 soat oldin bron qilinishi mumkin. Hozirgi kunda koʻl boʻylab 4000 ga yaqin shikaralar faoliyat koʻrsatmoqda.
Uber bu yangi xizmatni zamonaviy texnologiyalar va mahalliy anʻanalarning uygʻunlashuvi sifatida taqdim etmoqda. Sayohat uchun toʻlovlar bevosita qayiq egalariga toʻlanadi, Uber esa hech qanday komissiya olmaydi. Bu tashabbus mahalliy qayiq egalarining baʻzilarida turli fikrlar tugʻdirdi. Ayrimlari Uber bilan hamkorlik qilish narxlar barqarorligini taʻminlash va firibgarliklarni oldini olishga yordam berishini taʻkidlasa, boshqalari esa buning unchalik oʻzgarish keltirmasligini aytmoqda.
Uber, avtomobil transporti sohasidagi yetakchi xizmatdan tashqari, 2019-yilda vertolyot-taksi xizmatini ishga tushirgan edi.2024-yilning yozida kompaniya butun Yevropada qayiq va kemalarni ijaraga olish imkoniyatini taqdim etgan. Bundan tashqari, ayrim davlatlarda Uber ilovasi orqali skuterlar ijarasi va aviabiletlarni bron qilish ham mumkin.
Bundan tashqari, AQSHning Joby Aviation kompaniyasi 2025-yil oxiriga qadar Nyu-York va Los-Anjelesda “havo taksi” xizmatini ishga tushirishni maqsad qilgan.
Maʻlumotlarga koʻra, Dall koʻli boʻyida Uber Black narxlari bilan bir xil boʻlgan sayohatning taxminiy narxi 100-200 dollar atrofida boʻladi. Keyinchalik, bu narxlar Uber XL tariflariga moslashishi mumkin – 50-100 dollar.


