2024-yilning dastlabki toʻqqiz oyi davomida qaysi elektron toʻlov tizimi boshqalariga nisbatan yuqori daromadga erishgani maʻlum qilindi.
Hisob-kitoblarga koʻra, Payme sof foyda koʻrsatkichi boʻyicha Clickʻni ortda qoldirib, 186,9 milliard soʻm daromadga erishgan. Click esa 179,2 milliard soʻm sof foyda qilgan. Clickʻning umumiy daromadi Paymeʻga nisbatan qariyb 79 milliard soʻmga koʻproq boʻlsa-da, uning xarajatlari miqdori baland boʻlgani hisobiga sof daromadi kamroq. Payme xarajatlarini samarali boshqarish orqali sof foyda boʻyicha Clickʻdan oʻzib ketgan.
Sektor yetakchisi Paynet esa 2024-yil davomida oʻz pozitsiyasini mustahkamlab, sof foydasini 96 foizga oshirishga erishgan va jami 208,4 milliard soʻmga yetkazgan.
Yetakchi uchlikdan tashqari, boshqa fintech kompaniyalarning moliyaviy koʻrsatkichlari nisbatan pastroq. Masalan, Plum toʻqqiz oy davomida 78,1 milliard soʻm, Alif Mobi esa 42,4 milliard soʻm daromad qilgan. UPay boʻlsa 1,4 milliard soʻmlik daromad bilan yilni yakunlagan.
Aksincha, ayrim fintech kompaniyalar, masalan, Payze, Real Pay, DPay, Yuz Pay, Xon Pay va boshqalar uchinchi chorakni zarar bilan yakunlagan.


