Statistika agentligining 2024 yil yanvar-sentyabr oylarida oʻtkazilgan uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan mobil telefonlar soni oʻrtacha 365 tani tashkil etgan. Bu har oilaga 3,5 ta telefon toʻgʻri keladi degani.
Maʻlumot uchun ushbu koʻrsatkich oʻtgan yillarda quyidagicha:
- 2010 yilda 145 ta;
- 2015 yilda 234 ta;
- 2020 yilda 287 ta.
Statistika agentligi sentyabr oyida 8 oy davomida xorijdan qiymati 236,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 2,6 mln dona mobil telefon import qilingani haqida maʻlumot bergandi. Mobil telefonlar importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 318 579 taga oshgan.
Oʻzbekiston 2024 yilning 8 oyida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar qatorida Xitoy (2,1 mln dona), Vetnam (405,5 ming dona), Hindiston (70,3 ming dona), Gonkong (27,1 ming dona) hamda BAA (3,4 ming dona) bor.


