Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi joriy yilning 9 oyi davomida iste’molchilardan avtomobillarni lizing va keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olish olish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaatlar soni 200 dan oshganini ma‘lum qildi.
Qo‘mita bildirishicha, murojaatlarning 80 foizi “Umid avto lizing” va “Busines orientavto” MCHJlar tarkibidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida, iste’molchilarga 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar qaytarilishi ta’minlangan.
Mazkur korxonalar iste’molchilarning pul mablag‘larini qisqa muddatda yangi avtomobil olib berish va’dasi bilan jalb qilib, o‘zlarining shartnomaviy majburiyatlarini lozim darajada bajarish maqsadida boshqa iste’molchilardan jalb qilingan mablag‘lar evaziga qoplash va iste’molchilardan olingan pullarni qaytarishni bir yildan ortiq muddatga kechiktirish (ushlab turish) hamda shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarilmaslik holatlariga yo‘l qo‘ygan.
Qo‘mita iste’molchilarni avtolizing va ijara asosida avtomobillarni sotuvchi korxonalar bilan shartnoma tuzish (imzolash) va ularga pul to‘lashdan avval shartnoma shartlari bilan (to‘lov talablari va muammoli vaziyatlarda uni qaytarib olish muddati) to‘liq tanishib chiqish, firma ishonchliligini axborot manbalaridan tekshir kerakligi bo‘yic


