Toshkent shahrida transport vositalarining pulli toʻxtab turish joylari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha shahar hokimining qarori eʻlon qilindi.
Poytaxtda transport vositalarining pulli toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar quyidagi uch tarif zonasida asosida toʻlov amalga oshiriladi:
- 1 – tarif zonasi — 12 ming soʻm;
- 2 – tarif zonasi — 10 ming soʻm;
- 3 – tarif zonasi — 8 ming soʻm;
- 4 – tarif zonasi — 6 ming soʻm;
- 5 – tarif zonasi — 5 ming soʻm;
Quyidagi toifadagi transport vositalaridan toʻxtash joyidan foydalanganlik uchun toʻlov undirilmasligi maʻlum qilindi:
- favqulodda vaziyatlar va maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan foydalaniladigan jigarrang, qizil yoki koʻk-qizil miltillovchi chiroq va maxsus
ovozli signallar bilan jihozlangan transport vositalari; - old va orqa oynalarida “7.17” yoʻl belgisi tasviri tushirilgan I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning transport vositalari (jumladan, nogironlar uchun
moʻljallangan maxsus transport vositalari); - II Jahon urushi qatnashchisining transport vositasi;
- davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan ikki gʻildirakli transport vositalari.
Bundan tashqari, parkingda, shu jumladan, savdo, xizmat koʻrsatish, tibbiyot, sport, madaniy-koʻngilochar muassasalar yonidan besh foiz joy (lekin 1 donadan kam boʻlmagan) imtiyozli ruxsatnomaga ega shaxslar uchun ajratiladi.


