Асосий мазмунга ўтиш
Жонли маълумот 10ноябр · Сешанба
USD 11 994,10 ▲ +6,94 EUR 13 420,20 ▲ +26,95 RUB 145,79 ▼ −0,50 GBP 16 087,69 ▲ +27,29
Маълумот: Марказий банк
Янгиликлар

Telegram Qozog‘istonda ofisini ochishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston Raqamli rivojlanish vaziri Telegram mamlakatda ofisini ochishini ma’lum qildi. Bu orqali kontent ustidan nazoratni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

Telegram messenjeri maʼmuriyati Qozogʻistonda ofis ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozogʻiston Raqamli rivojlanish vazirligi rahbari Jaslan Madiev aytib o‘tgan. Unga koʻra, vazirlik messenjer bilan buzgʻunchi kanallarni bloklash va noqonuniy kontentni tezkorlik bilan olib tashlash sohasida faol hamkorlik qilmoqda.

“Telegram bilan ularning vakilini tayinlash va ofis ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu esa kontent ustidan nazoratni kuchaytirish uchun muhim qadamdir”, deydi vazir.

Avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov ijtimoiy tarmoqda xabarlar yuborilgach media-fayllarni qo‘shish va postlarni tahrir qilish vaqtini ko‘rish imkoniyati paydo bo‘lishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, yangilanishlar sovg‘alar va heshteglarni ham o‘z ichiga olishi aytilgandi.