“Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki bank xizmati reklamasida “Onlayn mikroqarz” – “Zudlik bilan pul kerakmi, 50 million soʻm – Hamkor ilovasida onlayn mikroqarz rasmiylashtiring!” mazmunidagi tashqi reklama joylashtirilganligi kuzatilgan. Raqobat qoʻmitasi bankning internetdagi rasmiy sahifasiga joylashtirilgan maʻlumotlar asosida aniqlik kiritgan.
Bunda, mikroqarz bank xizmati boʻyicha faqatgina kreditning miqdori haqida axborot berilgan boʻlib, reklama axborotida ushbu kreditning qolgan muhim shartlari koʻrsatilmagan.
Reklamani bunday koʻrinishda boʻlishi reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻituvchi yoki chalgʻitishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin.
Yuqoridagilarga asosan, Qoʻmitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan “Hamkorbank” ATBga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilingan.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berildi.


