Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

2025/2026 oʻquv yilidan kambagʻal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplanadi. 2025 yildan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratadi.

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.

Qarorga koʻra 2025 yil 1 yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi. Shuningdek, 2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

2025 yildan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.

Bundan tashqari, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida kambagʻal oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln soʻmgacha boʻlgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.