Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

“Mening bogʻim” loyihasi gʻoliblari aniqlandi (roʻyxat)

“Ochiq byudjet” portalida yashil bogʻlar uchun joylashtirilgan tashabbuslar 53 mingdan ortiq ovoz yigʻdi. Ovoz berish jarayonida ulardan 215 tasi saralab olindi. Endilikda gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun 48,6 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Oʻzbekistonda ilk bor yashil bogʻlarni tashkil etish boʻyicha jamoatchilik tashabbuslarini moliyalashtirishga qaratilgan “Mening bogʻim” loyihasi boʻlib oʻtdi. Loyiha uchun 10-iyundan 20-iyunga qadar qiymati 250 million soʻmdan oshmagan tashabbuslar qoldirildi. Tashabbuslarni saralash 20-23-iyun kunlari olib borilib, 23-iyundan 3-iyulgacha ovoz berish oʻtkazildi.

Ovoz berish jarayonlari yakunlari boʻyicha 215 ta loyiha gʻolib deb topildi. Ularni moliyalashtirish uchun 48,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Gʻolib loyihalar roʻyxati bilan bu yerda tanishish mumkin.