Асосий мазмунга ўтиш
Жонли маълумот 11ноябр · Чоршанба
USD 11 974,02 ▼ −20,08 EUR 13 432,46 ▲ +12,26 RUB 144,58 ▼ −1,21 GBP 16 076,32 ▼ −11,37
Маълумот: Марказий банк
Янгиликлар

5 oy ichida 2,2 mln O’zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqan — Statistika agentligi

Mazkur ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 35,5 foizga o‘sgan. Oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda eng koʻp tashrif buyurgan mamlakatlar qatoridan Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston, Saudiya Arabistoni va Rossiya kabi davlatlar oʻrin olgan.

Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-may oylari davomida 2,2 million nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga chiqqanini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 569,2 ming nafar yoki 35,5 foizga oshgan. Ulardan asosiy qismi sayohat uchun Qirgʻiz Respublikasini tanlagan – 995,3 ming nafar. Shuningdek, Oʻzbekistondan Tojikistonga 449,8 ming, Qozogʻistonga 322,5 ming, Saudiya Arabistoniga 100,2 ming, Rossiyaga 86,5 ming, Turkiyaga 63,9 ming, Birlashgan Arab Amirliklariga 55,7 ming, Quvaytga 16,5 ming, Misrga 13,5 ming, Janubiy Koreyaga 8,3 ming va boshqa davlatlarga 59,5 ming kishi chiqqan.