Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

“Lukoil”ga nisbatan narx manipulyatsiyasi boʻyicha ish qoʻzgʻatildi

“Lukoil” kompaniyasi birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilish, shu jumladan, birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qoʻyish kabi manipulyatsiya holatlari orqali narxlarning 10 foizdan 50 foizgacha oshishiga sabab boʻlgani aniqlangan.

Raqobatni rivojlantirish va isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi “Lukoil” kompaniyasiga nisbtan narx manipulyatsiyasi boʻyicha ish qoʻzgʻatdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Maʻlum qilinishicha, qoʻmita tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolarida texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilishda, shu jumladan, birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qoʻyish kabi manipulyatsiya holatlari orqali narx oshishiga olib kelgan harakatlarni sodir etgani aniqlangan.

Natijada, birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlari oʻrtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshgan.

Shu munosabat bilan, kompaniyaga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan.

“Qoʻzgʻatilgan ish oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, qaror qabul qilingandan soʻng qoʻshimcha axborot beriladi”, deyiladi qoʻmita xabarida.