Food city savdo majmuasidan Qoʻyliq 7-metro bekatigacha 6 ta jadval asosida bepul avtobus harakati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qoʻyliq dehqon bozori atrofidagi tirbandliklarning oldini olish va Fargʻona yoʻli koʻchasini Bektemir shossesi bilan bogʻlovchi yoʻl oʻtkazgich qurish hamda yoʻl-taʼmirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan, 10 fevral kunidan boshlab, Qoʻyliq dehqon bozori orqali harakatlanuvchi 39, 45, 110, 122, 130-sonli avtobus yoʻnalishlari va 8I, 9I, 25M, 61M, 55M, 73M, 99M, 170M, 191M, 195M-sonli yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarining harakati Food city savdo majmuasi avtoshoxbekatiga uzaytiriladi.
Bundan tashqari Food city savdo majmuasi maʼmuriyati tomonidan yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Food city savdo majmuasi—Qoʻyliq 7-metro bekati yoʻnalishida harakatlanuvchi, 6 ta jadval asosida bepul avtobus yoʻnalishi harakati yoʻlga qoʻyildi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev shaharda tirbandlikni qisqartirish, odamlarning uzogʻini yaqin qilishga qaratilgan ishlar davom ettirilishini taʼkidlagani haqida xabar berilgandi. Jumladan, 1 aprelga qadar qoʻshimcha mingta avtobus olib kelinadi


