Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Toshkent shahar bosh rejasi boʻlmaguncha, yangi qurilishlarga moratoriy eʼlon qilinadi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy eʼlon qilinishini taʼkidladi

Shavkat Mirziyoyev 8 fevral, chorshanba kuni poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur yigʻilishda davlat rahbari qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama boʻyicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, yashil maydonlar tashkil qilish ishlari qurilishlar bilan hamohang olib borilmayotganini tanqid qildi.

Shu sababli shaharning bosh rejasi tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy eʼlon qilinishi taʼkidlandi.

Shuningdek, 2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Shu maqsadda 100 gektar maydonda yangi bogʻ tashkil qilinadi. “Toshkent yashil belbogʻi” loyihasi boshlanib, bahor mavsumida 525 ming tup daraxt va buta, 20 million tup gul koʻchati ekiladi.