Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Toshkentda 14 ta yirik savdo kompleksi ishga tushiriladi

Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga yil yakuniga qadar poytaxtda 14 ta yirik savdo kompleksini ishga tushirish, shuningdek, 12 mingta savdo-servis obyektlari tashkil etishni taʼminlash vazifasini topshirdi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yigʻilishda 2023 yilda poytaxtda aholi bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yigʻilishda yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha ulkan marralarga erishishda tadbirkorlarga tayanish, ularni qoʻllab-quvvatlash lozimligi taʼkidlandi.

Jumladan, 2023 yili Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion soʻm kredit yoʻnaltiriladi, oilaviy tadbirkorlik uchun 300 milliard soʻm imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Mutasaddilarga yil yakuniga qadar:

  • 14 ta yirik savdo kompleksini ishga tushirish, shuningdek, 12 mingta savdo-servis obyektlari tashkil etishni taʼminlash;
  • 57 ta mehmonxona, 3,5 mingta umumiy ovqatlanish va mahallalarda 7 mingta savdo-servis obyektlarini ishga tushirishga koʻmaklashish topshirildi.

Avvalroq Toshkent shahri ishsizlikdan xoli hududga aylantirilishi haqida xabar berilgandi. Bu boʻyicha Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori eʼlon qilingan.