Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekistonda avtomaktablarga litsenziya berish vakolati IIVga oʻtadi

2023 yilning 5 mayidan Ichki ishlar vazirligiga avtomaktablarga litsenziya berish vakolati oʻtadi. Bu ilgari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan

Ichki ishlar vazirligi avtomaktablarga litsenziya beruvchi tashkilotga aylanadi. Bu boʻyicha Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni imzolandi.

Qonunga muvofiq, IIV avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlashni litsenziyalash boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi. Ilgari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan. Litsenziya olish uchun davlat boji BHMning 10 baravarini tashkil etadi.

Shuningdek, IIV avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani qabul qilivchi organ etib belgilanmoqda.

Hujjat 2023 yilning 5 mayidan kuchga kiradi.