Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Qozogʻiston Milliy banki dunyoda birinchi boʻlib 3D texnologiyali tangalarni muomalaga chiqardi

Qozogʻiston Milliy banki “Qozogʻiston oʻsimlik va hayvonot dunyosi” turkumidagi Balqash Alabuǵasy tangalar kolleksiyasini muomalaga chiqardi

Qozogʻiston Milliy banki 2023 yilning 3 fevralida “Qozogʻiston oʻsimlik va hayvonot dunyosi” turkumidagi Balqash Alabuǵasy tangalar kolleksiyasini muomalaga chiqardi, deb xabar bermoqda Milliy bank matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, Berlindagi media-forumda Milliy bankning World Money Fair Butunjahon valyuta konferensiyasidagi ishtiroki doirasida Qozogʻistonning Balqash Alabuǵasy tanga taqdimoti boʻlib oʻtdi.

“Kolleksiya tangalari barcha turdagi toʻlovlar boʻyicha Qozogʻiston hududida nominal qiymati boʻyicha qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Milliy bank mutaxassislari dizayn konsepsiyasini ishlab chiqishda Balqash Alabuǵasy tangasiga yangi texnologiyalarni qoʻllashga qaror qilgan. Qozogʻiston zarbxonasi 3D ultra yuqori relyef texnologiyasidan foydalangan holda innovatsion zarb qilishni sinovdan oʻtkazdi.

Sinov natijalariga koʻra, tanga tekisligidan 17 millimetr balandroq boʻlgan Balxash olabugʻasining bosh relyefiga ega nusxa olindi.

Qozogʻiston Milliy bankining taʼkidlashicha, hozircha dunyodagi hech bir zarbxona bunday natijaga erisha olmaydi.