Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Toshkent shahri ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi

Toshkent shahri ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. Bu boʻyicha Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori eʼlon qilindi

Foto: Google Images

Toshkent shahri ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. Bu boʻyicha Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori eʼlon qilindi.

Taʼkidlanishicha, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunning Toshkent shahridagi ijrosi hamda Prezidentning 2022 yil 13 dekabrdagi Uchtepa tumaniga tashrifi davomida oʻtkazilgan taqdimotlar jarayonida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 78-sonli bayoni ijrosi yuzasidan Toshkent shahrini ishsizlikdan holi hududga aylantirish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama etilgan.

Qarorga koʻra, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarlari, bosh boshqarma va boshqarmalar, tuman hokimlari bilan birgalikda Toshkent shahrida 2023 yilda amalga oshiriladigan investitsiya, tadbirkorlik, xizmat koʻrsatish, qurilish va qishloq xoʻjaligi sohalariga oid loyihalarning hamda yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining tumanlar kesimidagi roʻyxatini va ularni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xarita”larini tasdiqlaydi.

Tuman hokimlari, sektor rahbarlari, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Yoshlar agentligi shahar boshqarmasi, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash
boshqarmasi, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, hokim yordamchilari bilan hamkorlikda tumanda ishga tushgan investitsiya loyihalari asosida yaratilgan yangi ish oʻrinlari va korxona, tashkilotlarni kengaytirish hisobiga yaratilgan boʻsh ish oʻrinlariga ishchi guruh tomonidan aniqlangan band boʻlmagan aholi joylashtiriladi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari majmuasi, Bandlik bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, oliy taʼlim muassasasi rektorlari, tuman hokimlari 2023 yilda bitiruvchilarni roʻyxatini shakllantirish, bandligiga koʻmaklashish va egallagan kasblari boʻyicha boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashtirishni amalga oshiradi.

2023 yilning har choragida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalari oʻtkaziladi.