Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Nizomga koʻra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

  • tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma (9-sinf);
  • tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnoma (9-sinf);
  • umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma (11-sinf);
  • umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
  • umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
  • psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat.

Shahodatnoma oʻzbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Shuningdek, buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda har yili 1 dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli maʼlumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar kiritib boriladi.