Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Fargʻonada bank boshqaruvchisi 3500 dollar pora bilan ushlandi

DXX Fargʻonada esa qarzdorlikni yopib berish uchun fuqarodan 3500 dollar olayotgan bank boshqaruvchisini qoʻlga oldi. Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Foto: Yandex

Fargʻonadagi aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Qoʻqon filiali boshqaruvchisi fuqarodan 3500 dollar miqdorida pora olayotganda qoʻlga olindi.

Maʼlum qilinishicha, bank boshqaruvchisi mahalliy xususiy korxonaga ajratilgan kreditdan boʻlgan 62 million soʻm qarzdorlikni soʻndirib berish hamda ushbu qarzdorlik boʻyicha qoʻyilgan taʼqiqni bekor qilinishi uchun Majburiy ijro byurosiga xat qilib berish evaziga fuqarodan 3500 dollar talab qilgan.

U mazkur mablagʻni olgan vaqtida DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 25,168- (firibgarlik) moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.