Turkiyaning yetakchi uchuvchisiz samolyot ishlab chiqaruvchilaridan biri Bayraktar 2022 yilni 1,18 mlrd dollarlik eksport koʻrsatkichi bilan yakunladi.
Baykar kompaniyasi bosh direktori Seljuq Bayroqtor maʼlum qilishicha, oʻtgan bir ichida 18 ta davlat bilan eksport shartnomalari imzolangan. Shuningdek, Baykar İHA liniyasiga qiziqish bildirgan davlatlar sonining 27 taga yetganini maʼlum qilingan.
Shu bilan birga, kompaniya daromadining taxminan 99,3 foizini eksportdan olgan.
“Mahalliy texnologiyalarga asoslangan ishlanmalar tufayli kompaniyamiz dronlari bugungi kunda dunyodagi eng yaxshilari qatoriga kiradi. Bayraktar Kizilelma uchuvchisiz harbiy samolyot ishlab chiqish loyihasi ham eksport daromadlari tufayli davom etmoqda. Biz Turkiya rivojiga qoʻshgan hissamizdan faxrlanamiz!”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Kizilelma — MIUS jangovar uchuvchisiz samolyotlar kompleksi loyihasi doirasida yaratilgan, tovushdan tez uchuvchi qiruvchi samolyotdir.


