Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Fargʻonada qiymati 78,3 mlrd soʻm boʻlgan yogʻ zavodi ish boshladi

Yillik yogʻ ishlab chiqarish quvvati 15 ming tonnani tashkil etib, qayta ishlangan chigitdan, shuningdek, kungaboqar va boshqa moyli ekinlardan rafinadlangan yogʻ, kunjara va shulxa mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona ish boshlashi bilan uch smenada 280 ta doimiy ish oʻrni yaratildi

Foto: Fargʻona viloyati hokimligi

Toshloq tumanidagi Expo Kollor Prin Teks paxta-toʻqimachilik klasterining yangi qurib bitkazilgan yogʻ mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yangi korxonasi ochilib, ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Expo Kollor Prin Teks paxta-toʻqimachilik klasterining yogʻ mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ushbu korxonasi, yangi quvvatlarni ishga tushirish, ip-yigiruv, matoni toʻqish va boʻyash, tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, chigitni qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradi.

“Bugun ish boshlayotgan korxonada 280 ta doimiy ish oʻrni yaratilayotgani, bu – 280 ta xonadon doimiy daromad manbaiga ega boʻldi degani. Bugungi olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi ham odamlarimizni munosib ish oʻrni va shunga yarasha ish haqi bilan taʼminlashdan iborat”,— deyiladi xabarda.

Loyiha qiymati 78,3 milliard soʻm boʻlgan korxona, taʼsischilarning 38 milliard soʻm mablagʻi hamda Mikrokreditbankning 3,7 million dollar krediti hisobiga tashkil etildi. Yillik yogʻ ishlab chiqarish quvvati 15 ming tonnani tashkil etib, qayta ishlangan chigitdan, shuningdek, kungaboqar va boshqa moyli ekinlardan rafinadlangan yogʻ, kunjara va shulxa mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Bir yilda korxonada 225 milliard soʻmlik yogʻ ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan. Korxona ish boshlashi bilan uch smenada 280 ta doimiy ish oʻrni yaratildi.