Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Uzum Market marketpleysi infratuzilmani kuchaytirmoqda

Uzum Market orqali Oʻzbekistonning 17 ta shahri aholisi 200 mingga yaqin noyob mahsulotlar orasidan oʻzlariga keragini tanlab, 1 kun ichida yetkazib berish xizmati bilan buyurtma berishlari mumkin

Faoliyatini 2022 yilning oktyabr oyidan boshlagan Uzum Market bir necha oy ichida nafaqat xaridorlar qalbini egalladi, balki mamlakatning katta qismini qamrab olgan logistika infratuzilmasini ham barpo etishga ulgurdi.

Oʻzbekistonning 17 ta shahri aholisi 200 mingga yaqin noyob mahsulotlar orasidan oʻzlariga keragini tanlab, 1 kun ichida yetkazib berish xizmati bilan buyurtma berishlari mumkin, 2023 yilda esa marketpleys mamlakatning 58 ta aholi punktini qamrab olishni rejalashtirmoqda.

Bugungi kunda marketpleys xaridorlari tovarlarni tekshirish va sifatiga ishonch hosil qilish uchun kerakli barcha sharoitga ega 41ta tarqatish punktlaridan oʻz buyurtmalarini olishlari mumkin. Hozirda platformada dunyo va mahalliy brendlarning 200 mingga yaqin noyob mahsulotlari taqdim etilgan boʻlib, ular orasida Procter&Gamble, Coca Cola, Nestle, Pepsi, Nivea, Yves Rocher, Samsung, Artel, Bosch, Adidas, 7Saber, Nike, New Balance, Selfie, Beko, Avalon,  Braun, Gefest, Atlant, Xiaomi, LG, Tefal, Philips, Sony va boshqa koʻplab brendlar bor.

– Bizning vazifamiz mamlakat aholisiga hamyonbop narxlarda yuz minglab tovarlar orasidan oʻzlariga keragini tanlash va ularni tarqatish punktlarimiz yoki kuryerlar orqali tezda qabul qilish imkoniyatini berishdir, – deydi Uzum Market tarqatish punktlarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha direktori Georgiy Nizamutdinov. – Bir necha oy ichida biz ham xaridorlar tomonidan, Uzum Marketʻda faol roʻyxatdan oʻtib, oʻz mahsulotlarini biz bilan butun respublika boʻylab sotayotgan tadbirkorlar tomonidan ham bizning xizmatimizga katta qiziqish uygʻonayotganining guvohi boʻlmoqdamiz.

Butun mamlakat boʻylab mahsulot sotishni boshlash uchun Uzum Market platformasida roʻyxatdan oʻtish, mahsulot kartalarini toʻldirish va Toshkent shahridagi omborga tovarlarni olib kelishning oʻzi kifoya. Shunda tovarlarning kamroq soni bilan ham ishlashni boshlash mumkin, bu esa yosh tadbirkorlar va kichik biznes uchun berilgan qulaylikdir. 2023 yilda marketpleys platformasidagi tovarlar assortimenti 800 mingtaga, tarqatish punktlari tarmogʻi Oʻzbekistonning 58 shahrida 169 ta BTPga koʻpayadi.

Bugungi kunda mamlakatning 17 ta shahar aholisi 1 kun ichida yetkazib berish xizmati bilan marketpleysda buyurtma berishlari mumkin, bular quyidagi shaharlardir: Toshkent, Qarshi, Qoʻqon, Buxoro, Andijon, Margʻilon, Navoiy, Namangan, Samarqand, Fargʻona, Chust, Olmaliq, Angren, Shahrisabz, Yangiyoʻl, Chirchiq, Qarshi.