Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

AQSHda gaz qazib olish hajmi keskin kamaydi

Mamlakatda kuzatilayotgan boʻronlar sababli tabiiy gaz qazib olish hajmi avvalgi haftalarga nisbatan 10 foizga qisqargan

Foto: Yandex

AQSHda kuzatilayotgan qishki boʻronlar gaz qazib olishga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Qayd etilishicha, 23 dekabr kuni AQSHda tabiiy gaz qazib olish noqulay ob-havo sharoiti tufayli avvalgi kunga nisbatan qariyb 10 foizga qisqargan.

Agentlik maʼlumotiga koʻra, yirik gaz ishlab chiqarish hududlarida, jumladan, asosiy yetkazib beruvchi boʻlgan Texasda ham havo harorati sabab qazib chiqarish hajmi keskin pasaygan. Bunga quvurlarning muzlab qolishi sabab boʻlgan.

Shuningdek, mamlakatda gazga boʻlgan talab 2019 yildan beri kunlik eng yuqori darajaga chiqqani qayd etilgan.