Fransiya hukumati Microsoft kompaniyasiga Bing qidiruv tizimidagi foydalanuvchi maʼlumotlarini yigʻish siyosati uchun 60 million yeavro miqdorida jarima belgiladi. Bu haqda France 24 xabar berdi.
Qayd etilishicha, Fransiya regulyatori tekshiruvlardan soʻng foydalanuvchilar Bing saytida kirganida “cookie” fayllar ularning terminalida foydalanuvchi roziligisiz saqlanib qolayotgani va bundan asosan reklama yoʻlida ishlatilgani maʼlum boʻldi.
2022 yilning boshida AQSHning boshqa texnologiya gigantlari ham “cookie” siyosatini buzgani uchun Fransiyada jarimaga tortildi. Qoidabuzarliklar uchun Google va Facebook kompaniyalari mos ravishda 150 mln yevro va 60 mln yevro miqdorida jarimaga tortilgandi.
“Biz CNIL bilan toʻliq hamkorlik qildik va ʻcookieʻ-fayllar amaliyotimizga asosiy oʻzgarishlar kiritdik”, — deyiladi Microsoft bayonotida.


