Dubay xalqaro aeroporti “Aviation Business Awards — 2022” natijalariga koʻra, yilning eng yaxshi aeroporti deb topildi.
Maʼlum qilinishicha, bunday unvon bu yil shahar havo bandargohi tomonidan koʻrsatilgan “biznesdagi tengsiz yutuqlar” uchun berilgan. 2022 yilning birinchi yarmida havo bandargohi xizmatlaridan 28 million yoʻlovchi foydalangan. Bu 2021 yilning shu davriga nisbatan uch baravar koʻp.
Aeroport oʻz xizmatlari sifatini oshirib, mijozlarga “ajoyib tajriba” taqdim etdi — deyiladi xabarda.
Dubai Air Harbour ushbu mukofotni ketma-ket sakkizinchi yil qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot oʻrnida, “Aviation Business Awards” mukofoti 2007 yildan beri “Aviation Business Middle East” jurnali tomonidan tashkil etiladi.

