Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Toyota Rossiyadagi zavodining barcha xodimlarini ishdan boʻshatadi

Yaponiyaning Toyota avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2022 yil oxirigacha Sankt-Peterburgdagi korxonasining barcha xodimlarini ishdan boʻshatmoqchi

Yaponiyaning Toyota avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2022 yil oxirigacha Sankt-Peterburgdagi korxonasining barcha xodimlarini ishdan boʻshatadi. Kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, kompaniya 14 noyabr kuni ishchilarni ishdan boʻshatish jarayonini boshladi. Tashkiliy va xodimlar faoliyati 2022 yil oxirigacha davom etadi.

Xabarda aytilishicha, sentyabr oyida xodimlar soni 2,35 ming kishini tashkil etdi, hozirda filial shtatida 137 nafar xodim qolgan.

Toyota sentyabr oyi oxirida mamlakatda 15 yil ishlagan Sankt-Peterburgdagi Shushari qishlogʻida zavodni yopish toʻgʻrisida qarorga kelgan. Rossiyada ishlab chiqarishni toʻxtatishdan kompaniyaning yoʻqotishlari taxminan 650 million dollarni tashkil etgan.