VietJet Air aviakompaniyasi 26 dekabrdan 2023 yilning 23 martiga qadar Kamran—Toshkent— Kamran yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi. Tegishli kelishuv aviatashuvchi va Uzbekistan Airaports oʻrtasida imzolandi.
Qayd etilishicha, parvozlar 367 yoʻlovchiga moʻljallangan qulay A-330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda parvozlar haftada bir marta charter asosida amalga oshiriladi. unga parallel ravishda Oʻzbekiston va Vyetnam oʻrtasida muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, VietJet Air – xalqaro arzon aviakompaniya boʻlib va Vyetnamda tashkil etilgan birinchi xususiy aviakompaniya hisoblanadi, bosh qarorgohi Xoshimin shahrida joylashgan. VietJet Air besh yil davomida (2017-2021 yillar) eng yaxshi ultra arzon aviakompaniya sifatida eʼtirof etilgan.


