Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjalaridan birining operatori Binance Holdings kriptovalyuta bozoridagi muammoli aktivlarni sotib olish uchun taxminan 1 milliard dollar ajratadi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
“Agar bu yetarli boʻlmasa, biz koʻproq mablagʻ ajratishimiz mumkin”, – dedi Binance Holdings rahbari Chanpen Chjao.
Avvalroq, Chjao, FTX bankrotligidan soʻng mohiyatan eng yirik kriptovalyutaga aylangan Binance kriptovalyuta bozorini tiklashni maqsad qilgan fond yaratishni rejalashtirayotganini ham aytdi. Tadbirkorning fikriga koʻra, jamgʻarmadan tushgan mablagʻlar likvidlik muammosiga duch kelgan “kuchli” loyihalarga yoʻnaltiriladi.
Binance asoschisi va milliarder Chjao kriptovalyuta bozoridagi notinchlik davrida asosiy shaxsga aylandi. Bu bozor joriy yilda bir qator muammolar, jumladan, amalga oshirilmagan loyihalar va global iqtisodiy tanazzul tsabab 1,4 trln dollardan koʻproq zarar koʻrdi. Ushbu qiyinchiliklar kriptovalyutalar bilan shugʻullanadigan koʻplab kompaniyalarning bankrotlik zanjiriga duch kelishiga olib keldi.


