Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Yevropa Ittifoqi gaz narxini cheklashdan qancha pul yoʻqotishi maʼlum boʻldi

Yevropa Ittifoqi gaz narxini cheklashdan 33 mlrd dollar yoʻqotadi. Energiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllaniladigan sugʻurtalar 2022 yilda ikki baravar qimmatlagan. Bu kompaniyalarning kredit liniyalarini jalb qilishlariga sabab boʻlmoqda

Agar Yevropa Ittifoqida gaz narxi cheklansa, energiya savdogarlari qoʻshimcha 33 milliard dollar toʻlashlari kerak boʻladi. Bu haqda Financial Times xabar  berdi.

Kutilayotgan yoʻqotishlar haqida birja operatori Intercontinental Exchange (ICE) Yevropa Komissiyasini ogohlantirgan.  TTF fyuchers bozoriga tayanadigan treyderlar savdo sugʻurtasi toʻlovlarining 80 foizga oshishiga duch kelishlari mumkin.

Energiya ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllaniladigan sugʻurtalar 2022 yilda ikki baravar qimmatlagan. Bu esa koʻplab kompaniyalarni kredit liniyalarini jalb qilishga va koʻproq birjadan tashqari operatsiyalarni amalga oshirishga majbur boʻlmoqda.

22 noyabr kuni Yevrokomissiya energiya inqiroziga qarshi kurashning yana bir chorasi sifatida Yevropa Ittifoqida gaz bozorini moslashtirishning vaqtinchalik mexanizmini yaratishni taklif qildi.

YEK ushbu mexanizm gaz bozoridagi beqarorlikni kamaytirishga va Yevropa Ittifoqi aholisi hamda korxonalarini gaz narxining keskin oshishidan himoya qilishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.