Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekiston bozorlaridagi narxlar: nima arzonlashib, nimalar qimmatlashdi?

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi narxlar boʻyicha tahlil eʼlon qildi. Noyabrning 1-20 kunlari Oʻzbekistonga 62,1 ming tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlari import qilingan

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 1–20 noyabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va goʻsht mahsulotlarining ulgurji narxlari oʻzgarishi yuzasidan tahliliy maʼlumot eʼlon qilindi.

Maʼlum boʻlishicha, bu davrda bozorda bozorda ananas 27 500 soʻmga, kivi 14 000 soʻmga, nok (mahalliy) 6 000 soʻmga, apelsin va limon 4 000 soʻmga, mandarin 3 000 soʻmga, nok (import) va banan 2 500 soʻmga, bulgʻor qalampiri 1 500 soʻmga arzonlagan.

Shuningdek, bodring 6 250 soʻmga, pomidor (pushti) 2 500 soʻmga, guruch (alanga) va tarvuz 2 250 soʻmga, uzum, mosh, noʻxat 2 000 soʻmga, pomidor (qizil), bulgʻor qalampiri (yashil), loviya 1 500 soʻmga, sarimsoq piyoz 1 000 soʻmga, baqlajon 600 soʻmga, sabzi (qizil), lavlagi 500 soʻmga, kartoshka (mahalliy), sabzi (sariq) 250 soʻmga oshgan.

Davlat bojxona qoʻmitasining tezkor maʼlumotlariga asosan, umumiy qiymati 90,7 mln dollarlik (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,8 mln AQSH dollari koʻp) jami 128,5 ming tonna (23,5 ming tonna koʻp) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 32,2 ming tonna uzum, 18,2 ming tonna xurmo, 16,2 ming tonna mosh, 10 ming tonna loviya, 9,5 ming tonna piyoz, 4,5 ming tonna quritilgan meva, 3,7 ming tonna turp, 3,4 ming tonna pomidor, 2,9 ming tonna gulkaram, 2,5 ming tonna koʻk piyoz tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 13,7 mln AQSH dollari (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 ming AQSH dollari koʻp) qiymatidagi jami 62,1 ming tonna (3,7 ming tonna koʻp) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xususan, 45,4 ming tonna kartoshka, 9,7 ming tonna banan, 1,2 ming tonna mandarin, 328,2 tonna kivi hamda 423,8 tonna apelsin import qilingan.

Tezkor maʼlumotlarga asosan, “Qoʻyliq” bozoriga hududlardan jami 15,3 ming tonna, xususan, 8 ming tonna kartoshka, 5,3 ming tonna piyoz, 451 tonna karam va 1,5 ming tonna sabzi keltirilgan.

Xususan:

  • Samarqanddan 1 543 tonna, Toshkent viloyatidan 786 tonna kartoshka;
  • Jizzaxdan 1 996 tonna, Samarqanddan 1 767 tonna va Toshkent viloyatidan 1 551 tonna piyoz;
  • Toshkent viloyatidan 451 tonna karam;
  • Qashqadaryodan 732 tonna, Buxorodan 299 tonna, Toshkentdan 258 tonna, Surxondaryodan 166 tonna va Fargʻonadan 28 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qoʻyliq” bozoriga Qozogʻistondan 4 825 tonna, Qirgʻizistondan 766 tonna va Pokistondan 120 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 294,2 tonna, shu jumladan, 264,4 tonna mol goʻshti va 29,8 tonna qoʻy goʻshti keltirib sotilgan.