Ilon Mask Twitter xodimlari uchun oktyabr oyida sotib olgan ayrim nafaqa va imtiyozlarni bekor qiladi. Bu haqda The Verge xabariga tayanib, TASS xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Mask qaroriga koʻra, ish faoliyati uchun toʻlanadigan nafaqalar, shuningdek, sogʻliqni saqlash, oʻqitish, uy interneti va bolalar bogʻchalari uchun imtiyozlar vaqtincha bekor qilinadi.
Taʼkidlanishicha, kompaniyaning moliyaviy ahvoli yaxshilanganda imtiyozlar tiklanishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Mask Twitter rahbariga aylanganidan keyin, kompaniyaning bir qator rahbariyat aʼzolarini ishdan boʻshatgan, biroz vaqt oʻtgach esa xodimlarni qisqartirgan.


