Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Qozogʻiston Yevroosiyo taraqqiyot bankining 4,2 ulushini Rossiyadan sotib olishi mumkin

Qozogʻiston Yevroosiyo taraqqiyot banki portfelidagi 4,2 foiz ulushini Rossiyadan sotib olishni koʻrib chiqmoqda. Hozirgi vaqtda Rossiya ETB aksiyalarining 65,97 foiziga, Qozogʻiston 32,99 foiziga, Belarusga 1 foizga yaqin ulushiga egalik qiladi. Qolgan ulush esa Tojikiston, Armaniston va Qirgʻizistonga tegishli

Qozogʻiston Yevroosiyo taraqqiyot banki (ETB) portfelidagi 4,2 foiz ulushini Rossiyadan sotib olishni koʻrib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Yerulan Jamaubayev xabar berdi.

Unga koʻra, bitim qiymati 25 milliarddan 30 milliard tengegacha (taxminan 54-65 million dollar) boʻlishi mumkin.

“Muzokaralar davom etmoqda. Umumiy toʻlovni yillarga boʻlgan holda toʻlab boramiz. Yiliga taxminan 7 milliard teng. Umumiy summa 25-30 milliard tengeni tashkil qiladi. Raqamlar koʻrib chiqiladi. Bu dastlabki holat”, – dedi  moliya vaziri.

Hozirgi vaqtda Rossiya ETB aksiyalarining 65,97 foiziga, Qozogʻiston 32,99 foiziga, Belarusga 1 foizga yaqin ulushiga egalik qiladi. Qolgan ulush esa Tojikiston, Armaniston va Qirgʻizistonga tegishli.

Yerulan Jamaubayev 16 avgust kuni Qozogʻistonning Rossiyadan ETB ulushining bir qismini sotib olishga qiziqishi haqida maʼlum qildi. Biroq  bu kelishuv boʻyicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganiga aniqlik kiritdi.