Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 11,25 soʻmga koʻtarilib, 11 ming 095,31 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 11,25 soʻmga yuqorilab, 11 ming 095,31 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 10 ming 772,44 soʻmga baholanib, 20,90 soʻmga oshdi. Shuningdek, 1 rubl 173,84 soʻm etib belgilanib, 0,31 soʻmga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashinuv kurslari 13 oktyabr, payshanba kunidan kuchga kiradi.


