Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Turkmanistonda 1,2 mlrd IP manzillar bloklandi

Turkmanistonda dunyodagi mavjud IP manzillarning qariyb uchdan bir qismi bloklandi. Cheklovlarni buzganlar maxsus xizmatlarga “suhbat uchun” chaqiriladi

Bugungi kunga qadar Turkmanistonda 1,2 milliard IP-manzil bloklangan, bu dunyodagi mavjud IP manzillarning qariyb uchdan bir qismidir.

“Agar oʻtgan yillarda turkman rejimi haqida salbiy maʼlumotlar boʻlishi mumkin boʻlgan saytlar bloklangan boʻlsa, endi bu Turkmanistonni tanqid qilishga hech qanday aloqasi boʻlmagan portallarga ham taalluqlidir”, –  deya taʼkidlaydi gazeta.

Taʼkidlanishicha, mamlakatdagi barcha mashhur messenjerlar, shuningdek, Facebook, Twitter, VKontakte va YouTube oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Blokni chetlab oʻtib, xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda roʻyxatdan oʻtgan kishilar maxsus xizmatlarga “suhbat uchun” chaqirilishi mumkin. Bundan tashqari Turkmanistondagi ommaviy blokirovkalar tufayli VPN xizmatlari ham amalda ishlamay qoldi.

“Bir VPN topilsa, xavfsizlik xizmatlari u joylashgan tarmoqni darhol yopadi. Buni «qonunbuzar” raqami bilan bir xil bir necha raqamdan boshlanadigan barcha telefon raqamlarini blokirovka qilish bilan solishtirish mumkin», –  deyiladi xabarda.

Shuningdek, Turkmanistonda talabalarga VPNdan foydalanmaslik, Geen Card lotereyasi oʻynamaslik, oliy taʼlim muassasasiga telefon olib kelmaslik singari talablar ham qoʻyilgan.

Nashrning taʼkidlashicha, sentyabr oyida Turkmanistonning 2022-2025 yillarga moʻljallangan kiberxavfsizlik davlat dasturi qabul qilingan. Taʼkidlanishicha, u avtonom milliy raqamli tarmoqni yaratishni, yaʼni turkman internet sektorini dunyoning qolgan qismidan ajratib qoʻyishni nazarda tutadi.