Rossiyada 21 sentyabrda qisman safarbarlik eʼlon qilingandan keyin ikki hafta ichida Moskva restoranlarida chek narxi oʻrtacha 1500 rubldan yuqori boʻlgan buyurtmalar soni 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 29 foizga kamaydi.
Taʼkidlanishicha, Moskvada narxlari qimmat ovqatlanish muassasalarida daromad 2021 yilning mos davriga nisbatan 20 foizga kamaygan. Nisbatan arzonroq boʻlgan restoranlarda esa bu koʻrsatkich 8 foizni tashkil etgan.
Umuman olganda ovqatlanish maqsadida restoran va kafelarga tashrif buyuruvchilarning soni oʻrtacha hisobda 19 foizga qisqargan.
Mutaxassislarning fikricha, foydalanuvchilar sonining kamayishi va hamda ovqatlanish muassasalarining daromadlari kamayishi mamlakatda eʼlon qilingan safarbarlik ortidan kelib chiqmoqda. Restoranchilarning soʻzlariga koʻra, ovqatlanish uchun tashrif buyuruvchilarning orasida erkaklarning soni sezilarli darajada kamaygan.


