Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekistonda yanada ishonchli va barqaror elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga 47,1 million dollar kredit ajratdi.
Mablagʻlar Xorazm va Buxoro viloyatlarining Sarimay va Jankeldi qishloqlari oʻrtasida yangi elektr tarmogʻi qurilishiga ajratildi. Yangi liniya qurilayotgan, umumiy oʻrnatilgan quvvati 1 GVtgacha boʻlgan ikkita shamol elektr stansiyasini milliy elektr tarmogʻiga ulaydi.
“Oʻzbekiston nafaqat Markaziy Osiyodagi eng koʻp aholiga ega davlat, balki barqaror infratuzilma yechimlariga muhtoj boʻlgan mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotdir. Bankimiz bunday loyihalarni moliyalashtirish orqali ushbu oʻsishni qoʻllab-quvvatlashga tayyor”, — deydi YETTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink.
Elektr tarmoqlarini kengaytirish qayta tiklanuvchi energiya manbalarini Oʻzbekiston energetika tizimiga yanada integratsiyalash imkonini beradi hamda mavjud elektr uzatish liniyalari yukini muvozanatlash va mamlakat shimoli va janubi-gʻarbiy hududlarida energiya taʼminotidagi muammolarni hal qilishga yordam beradi.


