Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Rossiyada harbiy harakatlar uchun moslashtirilgan robot yaratildi

Robot harbiy harakatlarda qatnashishi, favqulodda vaziyatlar oqibatlarining oldini olishi, shuningdek, lazer yordamida dronlarni urib tushirishi mumkin

Foto: Robototexnicheskaya platforma “Marker”

Rossiyada “Marker-2” roboti yangi vazifalar, jumladan, Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” topshiriqlarini aʼlo darajada yakunlash uchun yaratiladi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

“ʻMarkerʻ loyihasi yanada mukammal tarzida ishlab chiqiladi. Platformaning massasi va oʻlchamlari allaqachon yigʻilgan oldingi namunalar bilan bir xil boʻlib qolishiga qaramay, ularning funksionalligi va imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytiriladi”,-deyiladi xabarda.

Shartli “Marker-2” favqulodda vaziyatlar oqibatlarini himoya qilish, maxsus operatsiya davomida aniqlangan qoʻshinlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda harbiy harakatlar sharoitida qoʻllab-quvvatlash ishlarini olib borishi mumkin. Robot shahar sharoitida ham, oldingi zonada ham ishlarni bajarish uchun moʻljallangan. Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxasislariga uchta “Marker” topshirilgan boʻlib, ular hozirda robotlarni favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va oldini olish, jumladan, har xil turdagi murakkab yongʻinlarni oʻchirish vazifalariga moslashtirmoqda.

Shuningdek, robot dronlarni ham lazer yordamida yoʻq qilishi mumkin. Agentlikning aniqlik kiritishicha, ushbu loyiha boʻyicha hamkorlikda ishtirok etuvchi korxonalar va “Marker-2”ga oʻrnatiladigan qurol tizimlari ustida izlanishlar olib borilmoqda.

“Marker” robot qurilmasi Advanced Research Foundation loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Ilk sinov jarayoni 2021 yilda oʻtkazilgan. Majmua uch tonnaga yaqin massaga ega, turli xil qurollar bilan jihozlanishi mumkin. Ishlanma sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida obʼektni tanib olish bilan Rossiyadagi eng ilgʻor avtonom harakat qobiliyatlariga ega hisoblanadi.